Oy oxirigacha pulingiz yetadimi? Qarzdan qachon chiqasiz?

Xarajatni Telegram botda 5 soniyada yozing — tahlil, byudjet va qarzdan qutilish rejasi o'zi hisoblanadi. Telefonda ham, kompyuterda ham.

7 kun bepulKarta shart emasO'zbek · Русский · English
Demoni ko'rish →
Imkoniyatlar

Hammasi bir joyda

Moliyadan tortib kundalik odatlargacha — kerakli hamma narsa tayyor.

Operatsiyalar

Kirim-chiqim, kategoriya, izoh, chek. Tez qidiruv, filtrlar, sahifalash. Xatolikdan himoya.

Kartalar va valyutalar

Har karta va har valyuta bo'yicha balans, transferlar, kurslar. Manfiy balansga yo'l qo'ymaydi.

Qarzlar va bo'lib to'lash

Kim kimga qarz. Oylik reja, muddat, kechikkan qismi, yopilgan qarzlar tarixi.

To'lov kalendari

Oylik jadval: qarz, takroriy to'lov, maosh. Faqat shu oyda to'lanadigan summa ko'rinadi.

Tahlil va hisobotlar

Davr, valyuta, karta, tur, kategoriya, summa filtrlari. Grafiklar, prognoz, saqlanadigan hisobotlar.

Limit va byudjet

Kunlik, haftalik, oylik limit va izoh bo'yicha byudjet. Dashboardning o'zida.

Telegram bot

"25000 market" deb yozing — operatsiya tayyor. Bekor, tahrir, karta tanlash tugmalari.

Planner va vazifalar

Haftalik reja, takrorlanuvchi mashg'ulotlar, vazifalar ro'yxati va eslatmalar.

Challenge va odatlar

Kunlik challenge, seriya, 14 kunlik xarita, ball tizimi. Motivatsiya doim ko'z oldingizda.

Namoz

Vaqtlar, belgilash, qazo hisobi va statistikasi.

Gym va salomatlik

Mashq dasturi, progressiya, tana ko'rsatkichlari va salomatlik yozuvlari.

Stress, Foydalanish, Money DNA

Moliyaviy holatingiz uchta halqada: rang va maslahatlar bilan.

Demo

Demo — o'zingiz sinab ko'ring

Quyida — haqiqiy ilovaning o'zi, namuna ma'lumotlar bilan. Bosib ko'ring, bo'limlarni almashtiring.

www.budget.al-khwizard.uz/demo
Xavfsizlik

Xavfsizlik birinchi o'rinda

Moliyaviy ma'lumot — eng nozik ma'lumot. Shuning uchun himoya ko'p qatlamli.

Parolsiz kirish

Faqat Google yoki Telegram orqali. Parol tiklash yo'q — o'g'irlanadigan parol ham yo'q.

Alohida baza

Har mijozning ma'lumoti o'z bazasida. Boshqa mijoz ma'lumotiga aralashmaydi.

O'chirish PIN'i

Muhim amallar PIN bilan, PIN almashtirish esa Telegram kodi bilan tasdiqlanadi.

Authenticator (2FA)

Qo'shimcha bir martalik kod bilan himoyani kuchaytiring.

Audit jurnali

Kirishlar, amallar va shubhali urinishlar yoziladi; yangi qurilmada Telegram ogohlantirishi.

Sessiya va CSRF himoyasi

Qurilmaga bog'langan sessiya, forma tokenlari, xato urinishlarda bloklash.

Tariflar

Tariflar

Oylik to'lov. Istalgan vaqtda tarifni almashtirish mumkin.

Karta shart emas

Free Trial

0 UZS / 7 kun
  • 7 kun bepul — karta yo'q
  • Operatsiyalar va kartalar
  • Oddiy tahlil (davr bo'yicha)
  • Dashboard va asosiy ko'rsatkichlar
  • Ko'pi bilan 2 ta karta, oyiga 60 operatsiya
7 kun bepul boshlash

Start

49 000 UZS / 30 kun
  • Operatsiyalar, kartalar, valyutalar
  • Standart tahlil: davr, sana, valyuta, karta, tur filtrlari
  • Qarzlar (bo'lib to'lash rejasi bilan)
  • To'lov kalendari
  • Limit va byudjet
  • 4 ta karta, oyiga 500 operatsiya, chek
Tanlash
Ommabop

Pro

99 000 UZS / 30 kun
  • Start'dagi hammasi
  • To'liq tahlil: kategoriya, izoh, summa filtrlari, 12 oylik grafik, prognoz
  • Hisobotlar (saqlanadigan)
  • Planner, vazifalar, challenge, Home / Away
  • Telegram bot
  • 10 ta karta, oyiga 3000 operatsiya
Tanlash

Max

149 000 UZS / 30 kun
  • Pro'dagi hammasi
  • Namoz vaqtlari va nazorat
  • Gym va salomatlik dasturi
  • Ma'lumot tozaligi va transfer vositalari
  • Yangi imkoniyatlar birinchi
  • Cheklovsiz karta va operatsiyalar
Tanlash

To'lov qanday

1. Tarifni tanlang

Kabinetda tarifni tanlab zayavka qoldiring yoki bepul sinovni boshlang.

2. Tirikchilik orqali to'lang

To'lov izohiga telefon raqamingizni yozing.

3. Biz tasdiqlaymiz

Tarif ishga tushadi, Telegramga xabar keladi.

Tirikchilik sahifasiKarta orqali to'g'ridan-to'g'ri to'lov tez orada qo'shiladi.

Savollar

Ko'p so'raladigan savollar

Ma'lumotlarim xavfsizmi?

Ha. Har mijozga alohida baza ajratiladi, kirish faqat Google/Telegram orqali, muhim amallar PIN bilan himoyalangan.

Tarif tugasa nima bo'ladi?

Hisobingiz yopiladi, lekin ma'lumotlaringiz saqlanadi. Tarifni yangilaganingizda hammasi joyida bo'ladi.

Telefondan foydalansa bo'ladimi?

Ha, sayt telefon uchun moslashgan va ilova sifatida o'rnatiladi (PWA).

Telegram bot nima qiladi?

Matn yozib operatsiya kiritasiz, balansni ko'rasiz, eslatma olasiz. Tugmalar bilan bekor qilish va tahrirlash mumkin.

Qanday to'layman?

Zayavkadan keyin biz siz bilan bog'lanamiz va to'lov usulini kelishamiz.

Moliyangizni tartibga solishga tayyormisiz?

Bir necha daqiqada zayavka qoldiring.

Savol bering
Salom! Savolingizni yozing, tez orada javob beramiz.